15 iyu 17:40
Yangiliklar
Futbol

"Real Ronalduni sog'inadi"
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich 2018 yilning yozida "Yuventus"ga o'tib ketgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Ronaldu - futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biridir. "Real" uning gollari va xarakterini sog'inadi. Krishtianu doim g'alaba qozonishni xohlaydi. U bizga ilhom berardi.
Ronaldu inson sifatida 10 ballga loyiq. Unda ajoyib qalb bor va u yordamga muhtojlarga ko'maklashishga doim tayyor", - deydi Modrich.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 5 bor "Oltin to'p" sovrinini yutgan.
Havola :
Manba : La Gazzetta dello Sport
Fikrlar