21 noy 12:42
Yangiliklar
Futbol

"Real" Ronalduning o'rniga Aleksis Sanchesni o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Real" klubi "Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Aleksis Sanchesni tarkibga taklif qilmoqchi.
Futbolchining "to'pchilar" bilan shartnomasi keyingi yilning yozida yakuniga etadi. Ispaniya chempionlari chililikning transferini qishda amalga oshirib, buning uchun 30 mln. evro ajratishmoqchi.
Malum bo'lishicha, bu g'oya "Real" prezidenti Florentino Peresga ham yoqqan, Sanchesning o'zi esa Zinedin Zidan qo'l ostida ishlash haqida o'ylanib qolgan.
Aleksis Sanches harakat qiladigan joy Madrid klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduniki bilan bir xil.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar