28 jan 07:36
Yangiliklar

"Real" safarda "Valensiya"ga 4ta gol urdi, Ronaldudan dubl
O'yinda Zinedin Zidan shogirdlari 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Krishtianu Ronaldu birinchi bo'limda ikki bor penaltidan gol urishga erishdi. Santi Mina tomonidan kiritilgan gol uchrashuvga shiddatni qaytardi. Biroq Marselo va Toni Kroos o'yinda yana bittadan to'p kiritib barchasiga chek qo'yishdi.
Valensiya – Real Madrid 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 16, penalti Ronaldu, 0:2 – 38, penalti Ronaldu, 1:2 – 58 Santi Mina, 1:3 – 84 Marselo, 1:4 – 89 Kroos.
Valensiya – Neto, Montoyya, Garay, Koklen, Toni Lato (Pereyra, 77), Gonsalu Gedesh (Soler, 46), Parexo, Kondogbia, Gayya, Santi Mina, Rodrigo (Dzadza, 75).
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Modrich (Kovachich, 88), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 69), Benzema (Asensio, 78), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Beyl (52), Gayya (60), Varan (63), Karvaxal (71), Parexo (87).
Fikrlar