So’nggi yangiliklar

13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0 12:40Ислом бирдамлиги ўйинларида иштирок этган паралимпиячиларимиз Ватанга қайтишди 0 12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0 09:46Падель тенниси 2026 йилги Осиё ўйинлари дастурига киритилди 0 09:25Максим Шацкихнинг янги жамоаси маълум 0 09:04Жек Делла Маддалена Ислам Махачевнинг буюклигини тан олди 0 08:43Райан Гарсия Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида WBC камари учун жанг қилади 0 08:22Мария Тимофеева Люксембург турнирида финал чиптаси учун кортга чиқди 0

19 may 13:05
Yangiliklar

Futbol

"Real" skautlari O'zbekistonga kelmoqda

Teglar :  Real
2018 yilning yanvar oyida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi mutassaddilari bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish bo'yicha kelishuv imzolangan edi. Ushbu kelishuvga asosan joriy yilning iyun oyida yurtimizga “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari tashrif buyurishadi.

Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg'ulotlar va boshqa turli tadbirlar o'tkailishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari,  “Bunyodkor” stadionida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida “Real Madrid Kubogi” musobaqasi o'tkaziladi.  Ushbu musobaqani “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing