09 jan 16:27
Yangiliklar
Futbol

"Real" sobiq hujumchisi La Ligaga qaytdi
"Espanol" rasmiy sayti "Benfika" hujumchisi Raul de Tomas bilan shartnoma imzolanganini elon qildi.
De Tomas klub bilan 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfer narxi haqida malumot berilmayapti.
Eslatib o'tamiz, de Tomas "Benfika"ga o'tgan yozda "Real"dan 20 million evro evaziga o'tgan edi. Ammo, u Portugaliya jamoasida o'z o'rnini topa olmadi.
25 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar