06 may 07:28
Yangiliklar
Futbol

"Real" sobiq vice-prezidenti koronavirus sabab vafot etdi
Madridning "Real" klubi sobiq vice-prezidenti Amador Suares 76 yoshida, koronavirus infekciyasi oqibatida olamdan o'tdi.
Bu haqida Marca nashri malum qildi. Funkcioner 40 kun davomida kasallik bilan kurashgan. Suares 2006-2009 yillarda "Real"ni Ramon Kalderon boshqargan paytda klubning vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan edi.
Uning 27 ta baliq ovlovchi kemalarni o'z ichiga olgan dengiz kompaniyasi bor edi. Mart oyida "qirollik klubi" sobiq prezidenti Lorenso Sans vafot etgan, uning o'limiga ham infekciya sabab bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar