09 jan 11:53
Yangiliklar
Futbol

“Real” so'nggi 3 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda
Madrid klubi kecha oqshom Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Valensiya”ni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Natijada Zinedin Zidan jamoasining mag'lubiyatsiz o'yinlar ceriyasi 15 ta o'yinga etdi. “Real” ushbu bahslarning 10 tasida g'alaba qozongan, 5 tasida esa durang qayd etgan. So'nggi bor “Real” 2019 yil 19 oktyabrida “Malorka”ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Bu hozircha 2017 yil qayd etilgan rekordan so'ng eng yaxshi natija bo'lib turibdi. 2016 yil aprelidan 2017 yil yanvariga qadar Zidan jamoasi 40 ta o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazgandi.
Havola :
Fikrlar