23 dek 10:40
Yangiliklar
Futbol

“Real” so'nggi 32 yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda
Madrid klubi La Liga 18-turi doirasida “Atletik” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
“Real” La Liganing 18 ta o'yinida 12 ta gol o'tkazib yubordi, xolos. Bu esa “Qirollik klubi”ning so'nggi 32 yillikdagi eng yaxshi natijasi. 1987/88 yilgi mavsumda ham shunday holat kuzatilgandi. O'shanda jamoaning asosiy posboni Fransisko Buyo bo'lgan. Ayni damdagi asosiy posbon Kurtua esa La Liga doirasida joriy mavsum 15 ta o'yin o'tkazib, ularning 8 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
Havola :
Manba : marca
Fikrlar