05 mar 11:36
Yangiliklar
Futbol

“Real Sosedad” 32 yil deganda ilk bor Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi
“Real Sosedad” klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra “Mirandes” jamoasini 3:1 hisobida taslim etdi.
SHu tariqa, basklar Ispaniya Kubogi finaliga yo'l olishdi. “Sosedad” bunday natijani o'z tarixida sakkizinchi marotaba qayd etdi. Ammo, klub so'nggi bor Ispaniya Kubogi finalida 32 yil oldin, 1987/88 yilgi mavsumda o'ynagan edi. Jamoa kubokni ikki bora yutgan.
Malumot uchun, basklar final uchrashuvida “Atletik” - “Granada” o'yini g'olibiga qarshi maydonga tushishadi.
Havola :
Fikrlar