23 jan 16:12
Yangiliklar
Futbol
"Real Sosedad" Yanuzay bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
"Real Sosedad" yarim himoyachi Adnan Yanuzay bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.
Klub rahbariyati 26 yoshli belgiyalikning vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi, uning yakuniga ko'ra tomonlar muzokaralarda oldinga siljishdi. Futbolchining o'zi faoliyatini hozirgi klubida davom ettirmoqchi, u "Sevilya" va "Valensiya"ning taklifini rad etdi.
Yanuzay 2021/22 yilgi mavsum "Real Sosedad" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar