15 okt 13:10
Yangiliklar

“Real” va “Barselona” Ispaniya Kubogidagi raqiblarini bilib olishdi
Amaldagi mamlakat chempioni Kataloniyaning “Barselona” klubi bu bosqichda uchinchi divizion vakili “Erkules”ni sinovdan o'takazadi. Madridning “Real” jamoasi esa yana bir uchinchi divizion klubi “Leonesa” maydoniga tashrif buyuradi.
Madridning “Atletiko” klubi “Gixuelo”, “Sevilya” esa to'rtinchi divizion jamoasi “Formentera” bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Bu bosqichning ilk uchrashuvlari 30 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Javob o'yinlari 21 dekabrga belgilangan.
QUR'A NATIJALARI:
Toledo (III) – Vilyarreal
Formentera (IV) – Sevilya
Leonesa (III) – Real Madrid
Erkules (III) – Barselona
Gixuelo (III) – Atletiko Madrid
Rasing (III) – Atletik Bilbao
UKAM Mursiya (II) – Selta
Kordoba (II) – Malaga
Valyadolid (II) – Real Sosedad
Ueska (II) – Las-Palmas
Ximnastik Taragona (II) – Alaves
Alkorkon (II) – Espanol
Sporting Xixon – Eybar
Granada – Osasuna
Leganes – Valensiya
Betis – Deportivo
Fikrlar