So’nggi yangiliklar

14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0 13:30Арман Царукян икки потенциал рақибини эълон қилди 0 13:09Олимпия ўйинлари совриндори ва жаҳон чемпионларимиз талабалар билан учрашди 0 12:48Энтони Жошуа Фьюри ҳақида: "У кетади ва қайтади, мен эса барқарорман" 0 12:27Ламин Ямаль Испания чемпионати рекордини ўрнатди 0 12:06Ислам Махачев Италияда ўғирлик қурбони бўлганини айтди 0 11:45Арсланбек Махмудов Фьюрига қарши мағлубиятга изоҳ берди 0 11:24Бунақаси бўлмаган! Хокит иккиталик бонус ва Дональд Трамп тавсияси билан Оқ уй турнири учун жанг олди 0 11:03Sofascore. Дубл қайд этган Шомуродов кечаги учрашувда энг яхши бўлмади 0 10:42Иржи Прохазка кутилмаган мағлубиятига изоҳ берди 0 10:21"Эй Жей, мен сени чақиряпман". Тайсон Фьюри Махмудов устидан қозонилган ғалабадан кейин нималар деди? 0 10:00UFC 327: Олтита "финиш" қайд этилган Прохазка - Улберг оқшомининг барча натижалари 0

24 apr 10:48
Yangiliklar

Futbol

"Real" vakillari Toshkentga tashrif buyuradi

Teglar :  Real
Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol federaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori  Xulio Ronko bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish bo'yicha kelishuv imzolangan edi.

SHuningdek, Real Madrid Foundation  va O'FA o'rtasida imzolangan Real Madrid akademiyasing “Clinics” dasturi doirasida O'zbekistonda va Ispaniyada bolalar va murabbiylar kursini o'tkazish bo'yicha ham hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishadi.

Tashrif doirasida O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati bilan uchrashuv, matbuot anjumani hamda Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha tashkil etilayotgan futbol akademiyasi binolari barpo etiladigan joy bilan tanishuv tadbirlari bo'lib o'tadi.

“Clinics”  dasturi bo'yicha Toshkentda bolalar murabbiylari uchun o'quv kurslari iyun oyidan boshlanishini ham takidlab o'tish kerak.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 apr 11:08:02
Shodiyor Muxtorjonov
Qaysi tv qoyadi???
Spot nechida ekan ???
Admin lar habar beringlar???
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing