16 dek 06:51
Yangiliklar
Futbol

"Real" "Valensiya" bilan bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Turning markaziy uchrashuvi “Mestaliya” stadionida o'tkazilib, unda “Valensiya” klubi “Real”ni qabul qildi.
O'yindagi har ikki gol so'nggi daqiqalarda kiritildi. Avvaliga Soler 78-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada esa Karim Benzema jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Valensiya – Real Madrid 1:1
“Mestaliya” stadioni
Gollar: 1:0 – 78 Soler, 1:1 – 90 Benzema.
Valensiya – Domenek, Gayya, Kosta (Valexo, 61), Gabriel Paulista, Vass, Parexo, Koklen (Kondogbia, 83), Ferran Torres (Diakabi, 90), Soler, Garay, Rodrigo.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko (Beyl, 69), Modrich (Yovich, 81), Rodrigo (Vinisius Junior, 69), Benzema.
Ogohlantirishlar: Soler (38), Karvaxal (77), Yovich (90).
Havola :
Fikrlar