07 apr 16:40
Yangiliklar
Futbol

"Real" Yovichni Xolandga almashtirishga tayyor
"Real" "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi yosh forvardning xaridiga qiziqmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "Real" "Borussiya" hujumchisi uchun jamoa forvardi Luka Yovichni taklif qilishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Real" Yovichni o'tgan yozda "Ayntraxt"dan 60 million evro evaziga xarid qilgan edi, ammo hujumchi jamoada o'zini ko'rsata olmayapti.
22 yoshli o'yinchi joriy mavsum "galaktikos" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar