21 jan 11:09
Yangiliklar
Futbol

"Real" yozgi ilk transferini kelishib oldi
"Yangi Pepe" deb atalayotgan "Portu" himoyachisi Eder Militao "Real"ga o'tadi.
AS xabariga ko'ra, madridliklar 21 yoshli braziliyalikning ko'rsatilgan tovon puli 50 million evroni to'laydi. Futbolchining o'zi 2025 yilga qadar jamoa bilan shartnoma imzolaydi.
Malumot uchun, joriy mavsumda Eder jamoasi tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va yana bir golga assistentlik qildi. Bu futbolchiga "Real"dan tashqari "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "CHelsi" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Havola :
Fikrlar