05 avg 11:20
Yangiliklar
Futbol

“Real” Zidanga 5,5 mllionlik yangi shartnoma taklif qiladi
Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga yangi shartnoma taklif qiladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, yangi shartnomada murabbiyning maoshi ham yaxshilanadi. Manbada keltirilishicha, franciyalik mutaxassis yiliga 5,5 million evro maosh oladi. Bu hozir murabbiy olayotgan summadan ikki barobarga ko'p degani.
Zidan bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha og'zaki kelishuvga Franciyada o'tkazilgan Evropa chempionati chog'idayoq erishilgandi. Endi faqat kelishuvni amalda rasmiylashtirish qoldi. Taqqoslash uchun, “Real”da ishlagan paytida Karlo Anchelotti yiliga 7.5 mln evro maosh olardi.
Havola :
Fikrlar