14 okt 15:06
Yangiliklar
"Real"da ahvol yomonmi? Mourino javob berdi
Jurnalist: Men Polshadanman, Ispaniyadan ancha olisdaman, ammo eshitayotgan xabarlarimga qaraganda, hozirda Madridning "Real" klubi ancha murakkab ahvolda, hamma narsa juda chigal.
Joze Mourinyu: Siz Polshadansiz, u juda olisda, malumotlar sizga buzib etkaziladi (kuladi).
Jurnalist: Hozirda "Real"da omon qolish rejimini yoqqandaysiz, go'yoki “asal oyi” tugaganday tuyulmoqda.
Joze Mourinyu: Asal oyi?
Jurnalist: Men demoqchimanki, asal oyi bu…
Joze Mourinyu: "Asal oyi" iborasi nimani anglatishini bilaman, ammo siz aynan nimani nazarda tutyapsiz?
Jurnalist: Endi hamma sizdan faqat g'alaba kutmoqda.
Joze Mourinyu: Asal oyi degani shumi (kuladi)?
Jurnalist: Siz qanday fikrdasiz?
Joze Mourinyu: Bu bilan nima demoqchisiz?
Jurnalist: Mayli, savolimni soddaroq beraman: o'yin oldidan o'zingizni qanday his qilyapsiz?
Joze Mourinyu: Har doimgidek, ajoyib. Farishtadek orom olib uxlayapman, — deydi Mourinyu.
Fikrlar