03 jan 07:41
Yangiliklar
Futbol

"Real"dagi standartlar boshqa klublarga qaraganda ancha yuqori"
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan jamoa azolariga tushayotgan yuqori bosim haqida fikr bildirdi.
"Bu erda har xil bosim mavjud. Har kuni gazeta muqovasida, TV va radio dasturlarda muhokama qilinishingiz mumkin. Madridda ro'y berayotgan voqealar butun dunyoda aks-sado beradi. Bu dunyoga mashhur klub.
Jamoa ichidagi bosim ham juda yuqori. Muxlislar o'ta talabchan: g'alaba – yaxshi, ammo bu kifoya qilmaydi, doim yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Durang – fojea. Bu erdagi standartlar boshqa klublarga qaraganda ancha yuqori.
Buni his qilib yashasha kerak. Ammo men ko'p bora buni uddalay olmagan futbolchilarni ham ko'rdim", – deydi Varan "Onze Mondial" nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar