04 apr 09:58
Yangiliklar
Futbol

“Real”ni mag'lub etgan “Valensiya” 77 yillik rekordni yangiladi
“Ko'rshapalaklar” kecha o'z maydonida La Liganing 30-turi doirasida “Real”ni 2:1 hisobida taslim qildi.
Marselino shogirdlari joriy mavsumdagi mag'lubiyatsiz o'yinlarini shu tariqa 17 ta uchrashuvga etkazib oldi. Natijada klub o'zining 77 yil avvalgi rekordini yangiladi. 1941/42 yilgi mavsumda “Valensiya” 16 ta o'yin davomida yutqazmay, o'z shaxsiy rekordini o'rnatgandi.
Qayd etish joiz, “Valensiya” o'tgan mavsum Marselino qo'l ostida 15 ta o'yinda mag'lub bo'lmagandi.
Havola :
Fikrlar