14 jan 08:02
Yangiliklar
Futbol

"Real"ning apellyaciyasi rad etildi
Vinisius Juniorning diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoladi.
"Real" vingeri "Valensiya"ga qarshi bahsda darvozabon Stole Dmitrievskining boshini turtib yuborgani uchun ikkita o'yinga chetlatilgan edi. Vaziyat yakunidan so'ng Vinisiusga qizil kartochka ko'rsatilgan.
Apellyaciya qo'mitasi "Real"ning apellyaciyasini rad etdi va chetlatish Ispaniya chempionatining ikki o'yiniga amal qilishini tasdiqladi.
"Real" 15 ish kuni davomida Sport mamuriy sudiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Agar bu sodir bo'lmasa, Vinisius "Las-Palmas" va "Valyadolid"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.
Havola :
Fikrlar