20 okt 07:11
Yangiliklar

“Real”ning chempionatdagi ilk mag'lubiyati “Barselona”ni peshqadamga aylantirdi
“Qirollik klubi” o'yinda favorit sifatida qaralgan bo'lsa-da, yakunda alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Lago Juniorning 7-daqiqada kiritgan yagona goli “Real”ning chempionatdagi ilk mag'lubiyatiga kifoya qildi.
Mehmonlar o'yinning so'nggi 20 daqiqasini bir kishi ko'p bo'lib o'tkazgan bo'lsalarda, hisobni tenglashtira olmadilar. "Real"ning mag'lubiyati "Barselona"ni turnir jadvalida 19 ochko bilan peshqadamga aylantirdi. "Real" hisobida 18 ochko bor.
Malorka – Real Madrid 1:0 (1:0, 0:0)
“Son Moish” stadioni
Gol: 1:0 – 7 Lago Junior.
Malorka – Reyna, Games, Railo, Sastre (Lumor, 46), Valent, Dani Rodriges, Baba, Sevilya, Febas (Kubo, 59), Lago Junior (Traykovski, 81), Budimir.
Real Madrid – Kurtua, Odriosola, Ramos, Militao, Marselo, Isko (Rodrigo, 66), Xames, Kazemiro, Vinisius Junior (Braim Dias, 81), Yovich (Valverde, 66), Benzema.
Ogohlantirishlar: Odriosola (19), Sastre (30).
CHetlatish: Odriosola (74).
Fikrlar