02 dek 14:10
Yangiliklar
Futbol

“Real”ning Jahon chempionatiga boradigan tarkibi elon qilindi
“Real” klubi murabbiylari Yaponiyada bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini elon qilishdi.
Tarkibdan jarohat sabab, kelasi yilning aprel oyigacha safdan chiqqan Garet Beyl yo'q. Qolgan barcha yulduzlar Kunchiqar o'lkaga borishadi.
Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Ruben Yanez.
Himoyachilar: Karvaxal, Nacho, Varan, Pepe, Serxio Ramos, Marselo, Koentrau, Danilo.
Yarim himoyachilar: Kroos, Kovachich, Modrich, Kasemiro, Isko, Xames Rodriges, Marko Asensio.
Hujumchilar: Benzema, Krishtianu Ronaldu, Lukas Vaskes, Mariano.
Havola :
Fikrlar