09 mar 06:58
Yangiliklar

"Real"ning mag'lubiyati "Barselona"ni yana peshqadamga aylantirdi
Hisob o'yinning 40-daqiqasida mezbonlar tomonidan ochildi. Tanaffusga chiqishdan oldin Marselo ishlagan penaltini Karim Benzema muvaffaqiyatli amalga oshirib, uchrashuvda muvozanatni tikladi. O'yinda yakuniy hisobni "Barselona"ning sobiq futbolchisi Kristian Telo 82-daqiqada o'rnatdi - 2:1.
SHu tariqa "Qirollik klubi"ning muvaffaqiyatsizligi "Barselona"ning bir turdan keyin yana chempionat peshqadamiga aylanishi uchun asos bo'ldi.
Betis – Real Madrid 2:1
"Benito Vilyamarin" stadioni
Gollar: 1:0 – 40 Sidney, 1:1 – 45, penalti Benzema, 2:1 – 82 Telo.
Betis – Robles, Edgar Gonsales (Rodriges, 73), Sidney, Bartra, Moreno (Pedrasa, 77), Xoakin (Telo, 66), Kanales, Fekir, Guardado, Emerson, Moron.
Real Madrid – Kurtua, Militao, Marselo (Mendi, 59), Varan, Ramos, Kazemiro, Kroos (Mariano Dias, 69), Vaskes, Modrich (Valverde, 79), Vinisius Junior, Benzema.
Ogohlantirishlar: Marselo (55), Guardado (74).
Fikrlar