So’nggi yangiliklar

19:03Александр Зверев илк бор «Ролан Гаррос» ғолибига айланди 0 18:37Гусковнинг Сербиядаги UFC турнирида ким билан жанг қилиши мумкинлиги айтилди 0 18:02Нидерландия клубларининг Ўзбекистонга иккинчи ташрифи: ёнилғисиз самолёт, заҳарланган меҳмон ҳамда бир ҳовуч доллардан иборат пора 0 17:23Оқ уй UFC турнирига суд даъвоси таҳдид солмоқда 0 16:57"Спортдаги фаолиятим узоқ бўлмайди" - Илия Топурия 0 16:26Ислам Махачев: "Мен учун спортни чемпион сифатида тарк этиш муҳим" 0 15:54Тарихий тўқнашув: Нидерландия Ўзбекистоннинг Европадан бўлган 17-рақибига айланади 0 15:22Самбочиларимиз Франциядаги халқаро турнирда иштирок этишди 0 14:53Царукян Топурия - Гэтжи жангига миллион доллар тикди + ФОТО 0 14:27Тошкент туманида анъанавий "Keles Open" халқаро турнири ўтказилди 0 13:45ПСЖ юлдузларини "Реал"га сотишга тайёрми? 0 13:22Бобур Абдулазизовнинг навбатдаги рақиби мағлубиятсиз одимлаётган Марсель Нурланбек бўлади 0 12:52Формула-1. Андреа Кими Антонелли — Монако Гран-приси ғолиби! 0 12:19Жамолиддин Раҳмонжонов Octagon 87 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 11:56Ҳожиакбар Алижонов ЖЧ-2026 илк турида ўйнамайдими? 0

01 noy 17:56
Yangiliklar

Boshqalar

Regbi bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi

Teglar :  Regbi
Bugun O'zbekiston milliy universiteti stadionida Olimpiya dasturiga kiritilgan regbi-7 bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatining 1-tur bahslari boshlandi.

Maydonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va universitet talabalaridan tashkil topgan 11ta erkaklar va 6ta ayollar jamoasi kuch sinashyapti.

  

Dastlab musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti R.SHoabdurahmonov, qo'mita bosh kotibi O.Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Irmatov, Respublika regbi federaciyasi rahbariyati, tegishli masul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad tilashdi.

 

– Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportni aholi o'rtasida rivojlantirishga katta etibor qaratilyapti. Kuni kecha qabul qilingan «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni bu boradagi ulkan qadam bo'ldi. Endi mehnat jamoalari ham katta sportga kirib kelishi uchun bir turtki vazifasini o'taydi. Endi nafaqat ishchi-xodimlarni, balki rahbarlarni ham sport maydonlarida ko'ramiz. Respublika tovar xom ashyo birjasi bu borada o'rnak bo'lib, o'z jamoasini shakllantirganiga guvohi bo'ldik. Pandemiyadan keyin asta-sekinlik bilan musobaqalar start olyapti. O'ylaymanki, endilikda barcha etibor regbini rivojlantirish, yangi jamoalarni shakllantirish, shu orqali yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratiladi, – dedi qo'mita Bosh kotibi O.Kasimov.


– Regbi jismoniy baquvvat bo'lgan yigit-qizlar shug'ullanadigan sport turi. Nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham jamoalar shakllanib kelyapti. Milliy olimpiya qo'mitasi va mamlakat regbi federaciyasi bilan birgalikda vazirligimiz tomonidan regbini yoshlar o'rtasida ham keng rivojlantirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqqanmiz. O'ylaymanki, ushbu tur mamlakatimizda eng sevib o'ynaladigan jamoaviy o'yinlardan biriga aylanadi, – deydi O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov.

Bu yildan ushbu sport turi infratuzilmasini yaxshilash, etarli shart-sharoitlar yaratish bo'yicha ko'plab amaliy ishlar qilinyapti. Ayni paytda mavjud stadionlar regbi bilan shug'ullanish uchun talabga javob bermaydi, mutaxassislarga ham ehtiyoj bor. SHu sababdan, “Yo'l xaritasi” ishlab chiqildi va inshootlarni jahon andozalari asosida tamirlash masalalari davlat dasturiga kiritilyapti.

Malumot o'rnida aytish lozimki, ushbu tur ikki yo'nalish – regbi-15 va regbi-7dan iborat. Regbi-7 bo'yicha mamlakat chempionati 4 turdan iborat bo'lib, yakunda g'olib nomi aniqlanishi lozim edi. Pandemiya munosabati bilan musobaqalar jadvaliga o'zgartirish kiritilib, turlar soni qisqartirildi. SHu sababdan 13-15 noyabr kunlari Farg'ona shahrida 2-tur bahslari bilan chempionat yakunlanadi.

Ertaga yarim final va final bahslari o'tkaziladi. Dekabr oyida esa regbi-15 bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start beriladi.





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing