So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

25 dek 10:33
Yangiliklar

Regbi

Regbi federaciyasi O'zMU bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Teglar :  RegbiO'zMU
Hozirda regbi mamlakatimizda jadal rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri sanaladi.

O'zbekiston regbi federaciyasi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi hamda faoliyat ko'rsatmoqda, regbi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi nufuzli xalqaro musobaqalarda («Asian Olympic Pre-Qualifier», «Asian 7ʼs») munosib ishtirok etib kelmoqda, terma jamoamiz Osiyo mintaqasida kuchli sakkizlikka kiradi.

SHu bilan birga, moddiy-texnik baza va infratuzilmaning etarli emasligi, regbi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uyg'un tizimi yaratilmaganligi sohaning yanada rivojlanishi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taminlashga to'sqinlik qilmoqda.

Regbini yanada rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlami orasida ommalashtirish, yuqori sifatli o'quv-mashq jarayonini taminlash, regbichilar, trenerlar va hakamlarning mahorati va malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, regbichi-sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori imzolandi.

Unda iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selekciya) ishlarining samaradorligini oshirish va regbi bo'yicha o'quv-mashq jarayonini sifatli tashkil etish, regbi sportini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari, sekciyalar va to'garaklarga faol jalb qilish, ulardan keng foydalanish imkoniyatini taminlash, trenerlar, hakamlar va regbi bo'yicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, regbi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun uning sifatli va samarali tayyorgarligini taminlash, xalqaro musobaqalarning g'oliblari va sovrindorlarini rag'batlantirish, shuningdek, trenerlar, hakamlar va regbi bo'yicha boshqa mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish belgilab berilgan.


Aytish joizki, ushbu sport turi yurtimizga kirib kelganiga ko'p bo'lgani yo'q. Ayni paytda regbini yurtimizda ommalashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Biroq, Prezident qarori bilan mamlakatimizda regbini rivojlantirishning huquqiy asosi yaratib qo'yilgan bo'lsada, amalda bajarilayotgan ishlarni qoniqarli, deb bo'lmaydi.

SHu manoda Qaror ijrosini birinchilardan bo'lib taminlashga kirishgan O'zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov tomonidan olib borilgan say-xarakatlar natijasida 2020/2021 o'quv yilidan boshlab O'zMUning Taekvondo va sport faoliyati fakultetida regbi sporti bo'yicha bakalavriat talim yo'nalishiga 45 nafar talaba qabul qilindi.

Olib borilgan ishlarni yanada kuchaytirish va tizimli ishlarni yo'lga qo'yish maqsadida, shuningdek, universitet hayotidagi boshlanayotgan yangi tarixiy qadamga rasmiy maqom berish uchun O'zbekiston Milliy universitetiga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Regbi federaciyasi prezidenti Sodiq Safoev, O'zbekiston Regbi federaciyasi bosh kotibi Qaxramon Jalilov, O'zbekiston Regbi terma jamoasi bosh murabbiyi Danil Kulikovlar tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda fakultetda tahsil olayotgan talabalar: sport turlari bo'yicha 11 nafar jahon chempioni, 100ga yaqin Osiyo va Xalqaro musobaqalar g'oliblari kutib olishdi. CHinakam sport bayramiga aylanib ketgan va qariyb ikki soat davom etgan qizg'in bahs-munozara, taklif va mulohazalarga boy bo'lgan «Yoshlar va sport» ochiq muloqoti yakunida O'zbekiston Regbi federaciyasi prezidenti Sodiq Safoev tomonidan talaba-yoshlar bilan uchrashuv sovg'asi sifatida universitet Axborot-resurs markaziga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar davrasida O'zMU hamda O'zbekiston Regbi federaciyasi o'rtasida mamlakatimizda ayollar Regbisini rivojlantirish, respublikamizning chekka hududlaridagi xotin-qizlar orasidan sportga iqtidori va qiziqishi borlarini topish, ularni tarbiyalash va kelajakda O'zbekiston nomidan Jahon chempionatlari, Olimpiada o'yinlariga tayyorlash to'g'risida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing