24 jan 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Renato Moykano Islam Maxachevdan mag'lub bo'lganidan so'ng chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi
UFC'ning engil vazn toifasi jangchisi, braziliyalik Renato Moykano Islam Maxachevga mag'lub bo'lganiga qaramay, yana bir marta chempionlik uchun jang qilishni istaydi.
"Balki menda kamar uchun yana jang qilish imkoniyati bo'lmas, bu haqiqat. Ammo aniq ayta olamanki, bor kuchim bilan harakat qilaman. Endi men chempion bo'lishni xohlayman. Bu sodir bo'ladimi, yo'qmi — bilmayman, balki endi kech bo'lgandir", — dedi Moykano.
Eslatib o'tamiz, Moykano 19 yanvar kuni o'tkazilgan UFC 311 turnirida Maxachev bilan jang qildi va imkoniyatni boy berdi. U o'sha kuni aslida Beneil Dariushga qarshi jang o'tkazishi lozim edi. Lekin Arman Carukyan jarohat olgani sabab, uning o'rniga Maxachevga qarshi oktagonga chiqdi.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar