25 noy 08:26
Yangiliklar
Futbol

Reshford qatorasiga beshinchi uchrashuvni ham golsiz tark etmadi
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Markus Reshford "SHeffild Yunayted"ga(3:3) qarshi APL 13-turi doirasidagi bahsda raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Bu hujumchi uchun Angliya chempionatining joriy mavsumidagi ettinchi gol bo'ldi. SHuningdek, uning hisobida to'rtta golli uzatma ham bor. Reshford klub va terma jamoa miqyosidagi qatorasiga 5-uchrashuvida to'p kiritdi.
Angliyalik hujumchi bunga qadar "Brayton" (3:1) va "Partizan" (3:0) klublari, shuningdek, Evro-2020 saralash bosqichida CHernogoriya (7:0) hamda Kosovo (4:0) terma jamoalari darvozasiga yo'l topgandi.
Havola :
Fikrlar