14 iyu 14:19
Yangiliklar
Retro. 2006 yil Toshkentda Eronni taxtdan ag'darib, ilk bor Osiyo chempioni bo'lgan Yaponiyani taqdirlash marosimidan FOTOREPORTAJ
2006 yilning 21-27 may kunlari Osiyo Futbol konfederaciya tomonidan Toshkentda o'tkazilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatini eslashda davom etamiz.
Etiboringizga futzalchilarimiz Osiyo vice-chempioniga aylangan tarixiy musobaqaning tantanali taqdirlash marosimi aks etgan suratlarni tomosha qilishni tavsiya etamiz. Finalda O'zbekiston terma jamoasi Serjio Sapo boshchiligidagi Yaponiyaga 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Toshkentda Eronning yakka hokimligiga chek qo'yilgan, Yaponiya esa o'z tarixida ilk bor Osiyo chempioni bo'lgandi.
Taqdirlash marosimida uchta nominaciya bo'yicha ham g'oliblar aniqlangan edi. Yaponiyalik Kenichiro Kogure Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Eron futzali afsonasi Vohid SHamsayi 16 ta gol bilan turnir to'purari bo'lgan. O'zbekiston esa Fair-Play (Halol o'yin) sovrinini qo'lga kiritgandi. Bronza medali uchun kechgan bahsda Eron Qirg'izistondan 5:3 hisobida ustun kelgan edi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar