04 okt 16:12
Yangiliklar
Retro! Abramov, Qosimov, SHkvirin triosi, Denisov sardorligidagi olimpiyachilarimizning 13 yil avvalgi alamli mag'lubiyatidan FOTOREPORTAJ
2007 yil 12 sentyabr kuni Toshkentdagi MHSK stadionida O'zbekiston va Bahrayn olimpiya terma jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan edi. Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin yordam berishgandi.
Afsuski, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov kabi etakchi futbolchilar bo'lishiga qaramay, o'yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol sabab alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan edik. Demak, suratlar orqali eslaymiz!
O'zbekiston - Bahrayn 1:2 (0:1)
12 sentyabr 2007 yil. Toshkent. MHSK stadioni. 12000 tomoshabin.
Bosh hakam: Satop Tongxan (Tailand)
Gollar: Sadriddin Abdullaev 86 - Abdulloh Umar 29, Hamad Al Banki 90+2.
Fikrlar