So’nggi yangiliklar

09:18Тошкентда таэквондо бўйича Жаҳон чемпионати старт олди, бугун уч нафар ҳамюртимиз медаль учун баҳс юритади 0 08:56UFC 327. Марказий чемпионлик жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 08:38UFC 327. Co-main event жангда техник нокаут қайд этилди 0 08:05Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0 22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0

05 iyu 09:15
Yangiliklar

Futbol

Reuters: Keyrush hali bir qarorga kelgani yo'q

Jahonga mashhur Reuters axborot agentligining yozishicha, portugaliyalik murabbiy bu borada hali yakuniy qarorga kelmagan.

Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Taj o'tgan hafta matbuot vakillari bilan suhbatda Keyrush jamoada qolishini aytib o'tgandi.

Biroq bevosita murabbiyga yaqin manbaning aytishicha, portugaliyalik mutaxassis hali yakuniy qarorga kelmagan. "Eron jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng Keyrushga yangi taklif bo'ldi. Federaciya murabbiyni Osiyo Kubogi musobaqasida ham o'zida olib qolmoqchi. Lekin Keyrush hali bir qarorga kelgani yo'q. Murabbiyning amaldagi shartnomasi iyul oxirida tugaydi. SHundan so'ng u keyingi taqdiriga oydinlik kiritadi", - deydi murabbiyga yaqin manba.

Avvalroq Eron FF rahbari Mehdi Taj shunday degandi: "Keyrush Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qadar terma jamoada qoladi. Jahon chempionatidagi o'yinimiz shuni ko'rsatdiki, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Yo'qsa futbolchilar mamlakatga qaytganida 7 ming ishqiboz aeroportga chiqmasdi. Xavotirga o'rin yo'q, Keyrush biz bilan qoladi. Uning yangi shartnomasini yaqin kunlarda ko'rib chiqamiz. Mana ko'rasizlar, Osiyo Kubogiga hammamiz birgalikda boramiz".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing