16 mar 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Revansh maqomidagi UFC Fight Night 254 turnirining asosiy jangi to'liq davom etdi + FOTO
Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.
UFC Fight Night 254 oqshomining asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda gruziyalik Roman Dolidze italiyalik Marvin Vettoriga qarshi oktagonga chiqdi. Revansh maqomidagi jang to'liq besh raund davom etdi va unda Dolidze hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobi (49-46, 49-46, 49-46) bo'yicha g'alaba qozondi.
SHu tariqa, 36- yoshli gruzin jangchisi raqibidan revashn olishga muvaffaq bo'ldi. Roman 2023 yilda o'tgan ilk jangda ochkolar bo'yicha Marvinga yutqazib qo'ygandi. Bugun Dolidze faoliyatidagi 15-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobidagi mag'lubiyatlar 3 taligicha qoldi. Vettori hisobida 19 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Havola :
Fikrlar