26 may 16:35
Yangiliklar
Tennis
Reytingi yo'q hamyurtimiz birinchi raketkani mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida tennis bo'yicha ITF tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tyapti.
Ushbu musobaqada tennischimsiz Maksim SHin ham o'z imkoniyatlarinini sinovdan o'tkazyapti.
Biroz avval SHin turnirning 1/8 final bosqichi doirasida italiyalik Federiko Arnaboldiga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda tennischimiz musobaqaning birinchi raketkasini 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi. Uning 1/4 finaldagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin hali ATR reytingiga kirmagan, Federiko Arnaboldi esa jahonning 565-raketkasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar