15 apr 17:24
Yangiliklar
Futbol

Riberi "Al-Sadd"ga o'tishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi faoliyatini Qatar klubida davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, franciyalik futbolchi yozda Xavi va Gabi to'p tepayotgan "Al-Sadd"ga o'tishi mumkin. SHu bilan birga Riberiga Avstraliyaning "Vestern Sidney Uonderers" klubi qiziqish bildirmoqda.
Riberi 2007 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum 36 yoshli franciyalik Bundesliganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
Havola :
Fikrlar