27 noy 18:10
Yangiliklar
Futbol

Riberi “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirdi
Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati jamoaning franciyalik yarim himoyachisi Frank Riberi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Xabarda aytilishicha, Riberining yangi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amal qiladi. Amaldagi kelishuvi esa joriy mavsum oxirida yakunlanar edi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Riberi “Bavariya” sharafini 2007 yildan beri himoya qilib kelyapti. O'shanda u Franciyaning “Marsel” klubidan 25 mln evro evaziga “Bavariya”ga ko'chib o'tgandi.
To'qqiz mavsum mobaynida u Myunxen klubi libosida 333ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ana shu o'yinlarda Frank 108ta gol kiritib, 164ta golli uzatma bergan.
Havola :
Fikrlar