21 okt 18:51
Yangiliklar
Riberi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
"To'p to'xtamoqda. Ichimda esa tuyg'ular yo'q. Ushbu ajoyib sarguzasht uchun barchangizga rahmat", – deb yozgan futbolchi.
Futbolchi o'ynagan so'nggi klub "Salernitana" edi. Riberi bu jamoada elchi sifatida ishlashda davom etishi mumkin. U klubda 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelayotgandi.
39 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi.
Riberi faoliyatining katta qismini "Bavariya"da o'tkazdi (2007 yildan 2019 yilgacha). SHuningdek, u "Galatasaroy", "Fiorentina", "Marsel" va boshqa bir qator Franciya klublarida to'p tepgan.
Yarim himoyachi Germaniya chempionatida 9 marta chempionlikka erishgan, 6 ta Germaniya Kubogi, Germaniya Liga Kubogi, 5 ta mamlakat Superkubogi, CHempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempioni unvoniga ega. 2006 yilda Riberi Franciya terma jamoasi bilan birgalikda Jahon chempionatining kumush medalini qo'lga kiritgan.
Fikrlar