So’nggi yangiliklar

19:57Freestyle Chess Grand Slam Paris. Карлсен - Абдусатторов партиясида 1/2 финалчи аниқланди 0 19:24Хоккей терма жамоамиз Жаҳон чемпионатидаги иштироки олдидан жами 8 нафар россиялик хоккейчини маҳаллийлаштирди 0 19:01Анкалаев Перейра билан реваншнинг эҳтимолий муддати ҳақида гапирди 0 18:39Менежер Тайсон Фьюрининг рингга қайтиши эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Англияда дарвозабон 90+4-дақиқада "қайчи" усулидаги зарба билан гол урди 0 17:58Сауль Альварес боксдаги фаолиятини қачон якунлашини айтди 0 17:38Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси European Cup турнирига жўнаб кетди 0 17:16Умар Нурмагомедов Петр Яннинг "вызов"ини қабул қилди 0 16:55Миржалол Қосимов фаолияти давомида амалдаги мамлакат президенти билан тўп тепганини билармидингиз? 0 16:34Биволга Бенавидеc билан жанги учун 8 миллион доллар таклиф қилингани маълум бўлди 0 16:20Монте-Карло. Даниил Медведев деярли уч соатлик учрашув ўтказди 0 15:59Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасида бокс баҳслари қайси вазнларда ўтказилиши маълум 0 15:42Бокс бўйича эркаклар ва аёллар терма жамоаларимиз Озарбайжондаги халқаро мусобақада қатнашади 0 15:20Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум қилинди 0 15:18«Челси» «Реал» футболчиси учун 120 миллион евро тўлашга тайёр 0

18 avg 23:35
Yangiliklar

Boks/MMA, Engil atletika, Tokio-2020

Rio-2016. 13-kun. O'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroklari yakunlandi

Rio Olimpiadasining 13-kunida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarning bugungi ishtiroklarini ushbu sahifada onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.



23:35 SHu tariqa sportchilarimizning bugungi ishtiroklari yakunlandi. Ertaga esa bizni yanada qiziqarli kun kutib turibdi. Olimpiadaning 14-kunida taekvondochi va erkin kurashchilarimiz ham katta sahnaga chiqishlari kutilmoqda. SHuningdek, ikki bokschimiz final yo'llanmasi uchun jang qiladi. To'liq ro'yxat odatdagidek ertaga roppa-rosa 06:00 da elon qilinadi. Hozircha esa barchaga xayrli tun!


23:20. G'ALABA! BEKTEMIR MELIQO'ZIEV FINALGA CHIQDI!


23:16. Hamyurtimiz ikkinchi raundni ham o'z foydasiga hal qildi. Ajoyib!


23:12. Birinchi raundda Bektemir g'alaba qozondi! Yaxshi!


23:08. Jang boshlandi! Kettik!


23:05. Diqqat qiling! Ringga 75 kg li bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev chiqib kelmoqda! Omad Bektemir! Biz senga ishonamiz!


23:00. Birozdan so'ng Bektemir Meliqo'ziev meksikalik raqibiga qarshi jang qiladi. Oz vaqt qoldi. 5 daqiqa!


22:47. Afsuski, hamyurtimiz bu jangda mag'lubiyatga uchradi va Olimpiadaning bronza medali bilan kifoyalandi.


22:44. Ikkinchi raundda ham imkoniyat boy berildi...


22:39. Birinchi raund raqib foydasiga hal bo'ldi...


23:35. Hamyurtimizning jang boshlandi!


22:00. Murodjon Ahmadalievga esa kubalik Robiesi Ramires raqiblik qilishini siz juda yaxshi bilasiz.


21:55. 56 kg vazn toifasida yarim finalning ikkinchi juftligida esa rossiyalik Vladimir Nikitin hamda AQSHlik SHakur Stevensonlar jang o'tkazadilar.


21:35. KAKAning jangi boshlanishiga bir soatdan oshiqroq vaqt qoldi


19:45. Yana 3 soatdan so'ng hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev final yo'llanmasi uchun kubalik bokschiga qarshi jang qiladi.


19:40. Nadiya Dusanova esa 1.92 natija bilan saralash bosqichida qolib ketdi.


19:30. Radzivil 21 avgust kuni tongda finalda chiqish qiladi.


19:20. Dusanova ham finalga chiqishi uchun 1.94 metrga sakrashi lozim bo'ladi. Hozircha uning natijasi 1.92.


19:15. Hozircha bexato ishtirok etayotgan Svetlana Radzivil 1.94 metrga ham sakradi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


18:55. Dusanova uchta urinishdan so'ng 1.89, Radzivil esa 1.92 natijani qayd etmoqda.


18:13. Hozircha ikkala sportchimiz ham qolgan raqiblari singari birinchi urinishdan so'ng 1.80 metrga sakrashdi.


17:57. Nadiya Dusanova A guruhida, Radzivil esa B guruhida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadi.


17:50. Yana 10 daqiqadan so'ng engil atletikachilarimiz ishtirok etishlari lozim bo'lgan balandlikka sakrash bahslari boshlanadi.


17:42. Leonid Andreev ko'pkurash bahslarida ishtirok etmayapti.


17:30. Sportga oid so'nggi xabarlarni Telegrammda @Olamsport kanalida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.


17:03. Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanovalar balandlikka sakrash bahslarida o'z omadlarini sinab ko'radilar.


17:00. Leonid Andreev bugun ko'pkurashdagi yurishini davom ettirishi lozim. Kecha u jarohat olgandi. Agar u jarohatidan qutila olgan bo'lsa bugun chiqishlarini davom ettiradi. Aks holda Andreev uchun Olimpiada yakunlanadi.


16:55. Bugun quyidagi sportchilarimiz Olimpiadada O'zbekiston sharafini himoya qiladilar:

Leonid Andreev - (Engil atletika, ko'pkurash) - 17:30dan boshlab

Nadiya Dusanova - (Engil atletika, balandlikka sakrash, saralash) - 18:00

Svetlana Radzivil - (Engil atletika, balandlikka sakrash, saralash) - 18:00

Murodjon Ahmadaliev - (Boks, yarim final) - 22:45

Bektemir Meliqo'ziev - (Boks, yarim final) - 23:15


16:50. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbek sportchilarining Rio Olimpiadasidagi ishtiroklaridan onlayn malumotlar berishni boshlaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
18 avg 19:16:05
Oq boʻrilar
Sportda *Asr Oʻyini * boʻlayapti, koʻringlar yurtdoshlar. Bu 4 yilda bir marta boʻladi.Olimpiada ertaga ham boʻlaveradi. Barakalla sport tv.
+1   
18 avg 23:28:45
КОНЪСУЛ
Бектемир яшавор узбек. Финалда ану Кубалик барзангини ер тишлатсанг марра бизники. Манимча Куба вакили тарозидан урганов. Хеч 75кг га ухшамиди
+1   
18 avg 22:52:09
AlexiS_DaN
Бошида хакамлар деб уйладим, лекин мундай олиб караса, бизикини харакати куп, аниклик йук, кубалик купрок аник зарба берди, момент кутиб жанг килди) афсуски... Муроджонга хам рахмат ажойиб жанглари учун) Олтин хохлагандик, лекин...
+1   
18 avg 19:38:29
SarvarPARKENTLIK 2706
Oq boʻrilar foydalanuvchining fikriga javob berish
Sportda *Asr Oʻyini * boʻlayapti, koʻringlar yurtdoshlar. Bu 4 yilda bir marta boʻladi.Olimpiada ertaga ham boʻlaveradi. Barakalla sport tv.
Bizda ham yirik xalqaro musobaqala, sport turlarini yoritib boradigan telekanallar kerak. Futbol kanali aloxida sport öyinlari kanali aloxida bölgani maqul. 32 million axoli bor manimcha buyog'iga 1 tagina sport kanali kamlik qilaveradi buyog'iga. Lekin tez vaqtlada bu hal etilsa kerak. Faqat ularga malakali suxandon warxlovchilar tayyorlab borilsa bölgani.
+1   
18 avg 19:30:11
SarvarPARKENTLIK 2706
Radzivil oltinga harakat qilib köriwi kerak . Londonda shoxsupani 2 ta pogonasini rusla band qiliwgandi. Bugun ula yöq. Xilkodan keyin ayol sportchilarímiz hali sovrindor bölmadi /pekin 2008, batut, bronza/ ShUNDAY EKAN OLGA SVETLANA, OLGA NADIYA, OLGA O'ZBEKISTON !
+1   
18 avg 17:58:15
SarvarPARKENTLIK 2706
Anderevga keyingi iwlarida omad. Wu yerga4a kelganigayam raxmat. Jaroxati borakan tuzalib ketsin mayli. Aytgancha Leonid Paxtakordagi Stas Andreyevga qarindowmasmikan.
+1   
18 avg 17:38:38
SarvarPARKENTLIK 2706
Radzivil adawmasam Londonda final bosqichida 10 talikda qatnawgan va 5 örinni olgandi. Shaxsiy rekordi 1 metr 99 sm edi. Bu olimpiadaga Londonda shoxsupaga chiqqan Rossiyalik 2 sportchi (biri Olga chicherova amaldagi chempion) kelmagan. Xorvatiyalik brilliant ligasi Blanco Vlasic ham yangliwmasam Rioda emas. Bu asosiy davogarlani yöqligidan Bizni SVETA FOYDALANIB qoliwi kerak
   
19 avg 00:29:53
Jamshidbek
Jahondor foydalanuvchining fikriga javob berish
Jamshidbek demoqchiydim, bilmaysizmi Bektemir Farğonani aynan qatidan. Kimdir qöqondan, kimdir Furqattan deyapti.
Qôqonxam Furqat xam Farg'ona xisoblanadi qayerdanlgni bilmadimu akasi Tatuda Ôqidi bu yil bitirdi Bektemir xam Tatuga kelgan juda Kamgap bola Xaqiqiy mart yigit
   
18 avg 23:50:15
EAbdumalik
Бектемир Меликузиев Мексикаликни чочиб ташлади койил )
   
18 avg 23:27:47
AlexiS_DaN
Кечагидан кейин кайфият йук эди, Муроджонни маглубияти хам тасир утказди, сал Бектемир хурсанд килди, кубаликларни утказиб юбормаслик керак, финалда кийин жанг кутиб турибди, харакат килиш керак, барча раундларда хушёр булиш керак, омад Бектемирга ва колган боксчиларимизга
   
18 avg 23:26:43
Jahondor
Jamshidbek demoqchiydim, bilmaysizmi Bektemir Farğonani aynan qatidan. Kimdir qöqondan, kimdir Furqattan deyapti.
   
18 avg 23:24:48
Jahondor
Sanjarbek, bilmaysizmi Bektemir Farğonani aynan qatidan. Kimdir qöqondan, kimdir Furqattan deyapti.
   
18 avg 23:21:33
Jahondor
Bölarkanu mana, yonğirdan keyin quyosh ham chiqarkanu. Tabriklemiz Meliqöziyev, bos. Oltin seni kutmoqda. Omad senga.
   
18 avg 23:19:26
Eriko-724
sanjar foydalanuvchining fikriga javob berish
Reytingda 27 o'rindamiz
28-o'rin deng
   
18 avg 23:18:44
Jamshidbek
butun Farg'ona san bilan Bektemir
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing