16 iyu 12:50
Yangiliklar
Rio-2016. Isinbaeva Rossiya terma jamoasini turnirda qatnashishini so'rab xat yozdi
"Umid qilamanki, ikki oydan so'ng Riodagi Olimpiya o'yinlarida yana ishtirok etaman. Bu mening faoliyatimdagi so'nggi Olimpiada bo'ladi.
Lekin, mening ushbu orzuim amalga oshmasligi ham mumkin. Men va Rossiyaning boshqa sportchilari Xalqaro Antidoping tashkilotining Rossiya davlat doping sistemasiga bo'lgan shubhalari sababli, engi atletika federaciyasi tomonidan xalqaro turnirlardan chetlatildik. Juma kuni Xalqaro Engil Atletika Federaciyasi yig'ilishida ushbu taqiqni olib tashlash yoki qoldirish borasida saylovlar bo'lib o'tadi. Agar ushbu taqiq o'z kuchida qoladigan bo'lsa, hech qachon doping istemol qilmagan sportchilar ham boshqalar sabab jazolanishadi.
To'g'ri, ular jiddiy chora-tadbirlar qo'llashlari lozim. Lekin, men va boshqa "toza" rossiyalik sportchilarni ham jazolash notshg'ri bo'lardi", - deyiladi Elena Isinbaevaning The New York Times'dagi bayonotida.
Fikrlar