16 jan 18:25
Yangiliklar
Futbol

Robben "Bavariya" bilan shartnomani 2018 yilgacha uzaytirdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben bugun Myunxen klubi bilan kelishuvni uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining malum qilishicha, yangi bitim 2018 yilning yozigacha amal qiladi. 32 yoshli gollandiyalik futbolchi klub bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni istagan.
Oldinroq Frank Riberi ham "Bavariya" bilan kelishuvni 2018 yilgacha uzaytirgan edi. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xabi Alonso bilan ham shartnomani uzaytirmoqchi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar