24 noy 14:11
Yangiliklar
Futbol

Robben jarohatidan forig' bo'ldi, u bugun maydonga tushishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben tizza jarohatidan qutildi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli gollandiyalik futbolchi tizzasi bilan muammo tufayli AEK hamda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahslarni o'tkazib yuborgan edi.
Robben kecha umumiy guruhda shug'ullandi. Gollandiyalik yarim himoyachi bugun "Fortuna"ga qarshi bo'ladigan Bundesliganing 12-tur bahsida ishtirok etishi mumkin.
Malumot uchun, "Bavariya" - "Fortuna" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar