23 jan 08:23
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/52706_220.jpg)
Rojer Federer Devis Kubogida ishtirok etmaydi
Tennis bo'yicha SHveycariya terma jamoasining Devis Kubogida ishtirok etadigan tarkibi malum bo'ldi.
SHveycariyaliklar norasmiy jahon chempionatining saralash bosqichida Rossiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv 1-2 fevral kunlari SHveycariyaning Bile shahrida bo'lib o'tadi.
Afsuski, SHveycariya terma jamoasi jahon tennis yulduzi Rojer Federerning xizmatidan foydalana olmaydi. Rossiyaga qarshi Genri Laaksonen (dunyoning 166-raketkasi), Mark-Andrea Xyusler (361), Yakub Paul (558), Sandro Erxat (584) va Jerom Sirill Kim (242) kortga chiqadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar