So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

27 iyu 15:11
Yangiliklar

Tennis

Rojer Federer sentyabrda Toshkentga kelmaydi

Dunyo tennisi afsonasi Rojer Federer sentyabr oyida Toshkentga kelmaydigan bo'ldi.

Malumki, shu yilning 16-18 sentyabr kunlari Toshkentda tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati xisoblangan Devis Kubogining Jahon ligasiga chiqish uchun uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston va SHveycariya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. G'olib jamoa jahon ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


Ushbu uchrashuvda dunyoning uchinchi raketkasi Rojer Federer aniq ishtirok etmaydi. Kecha Federer bayonot berib, joriy yil hisobidan boshqa kortga chiqmasligini malum qildi. Rojer to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi Rio Olimpiadasida ham qatnashmaydi.


Katta ehtimol bilan dunyoning beshinchi raketkasi Sten Vavrinka ham SHveycariya terma jamoasi tarkibida Toshkentga kelmaydi. SHunda SHveycariya terma jamoasi tarkibida Marko Kyudinelli (125), Genri Laksonsen (162), Yann Marti (375), Adrien Bossel (476), Antoni Beler (534) kabi tennischilar qoladi. Aynan mana shu tennischilarning Toshkentdagi uchrashuvda SHveycariya sharafini himoya qilishi kutilmoqda.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi bundan avvalgi bosqich saralash uchrashuvida Xitoy tennischilarini Toshkentda 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.

SHveycariyaliklar esa jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatni qabul qilib olgandilar. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing