06 iyu 11:26
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Ayollar o'rtasidagi juftlik turniri bosh sovrini Franciyada qoldi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining ayollar o'rtasidagi bosh sovrini mezbon tennis malikalariga nasib etdi.
Mezbon tennischilar - Karolin Garsiya va Kristina Mladenovich hal qiluvchi final uchrashuvida Kori Goff hamda Jessika Peguladan iborat amerikalik tandemdan 2/6, 6/3, 6/2 hisobida ustun kelishdi.
Final bahsi 1 soatu 46 daqiqa davom etgan va unda Karolin va Kristina 1 ta eys, 5 ta breyk va 3 ta qo'shxato qayd etgan. Bu ikki tennischi 2016 yilgi "Rolan Garros" turnirida ham bosh sovrin sohibasiga aylanishgan edi.
Parijdagi muvaffaqiyatli ishtirok Garsiya va Mladenovichga 2000 reyting ochkosi hamda €580,000 evro mukofot puli keltirgan. Goff va Pegula 1300 ball va €290,000 evro ishlab olishdi.
Havola :
Fikrlar