30 may 11:32
Yangiliklar
"Rolan Garros". Rafael Nadal 4,5 soatlik uchrashuv o'tkazdi
Dunyoning beshinchi raketkasi Rafael Nadal Franciya Ochiq chempionatining to'rtinchi davra uchrashuvida reytingda o'zidan 4 pog'ona pastda borayotgan kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv g'olibi 5 setda aniqlandi.
To'rt soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda ispaniyalik tennis yulduzi 3/6, 6/3, 6/2, 3/6, 6/3 hisobida g'alaba qozondi. Rafael 3 ta eys, 6 ta breyk, 4 ta qo'shxato qayd etdi. Feliks esa 7 ta eys, 4 ta breyk-poyntni amalga oshirib, 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Nadal foydasiga bo'lib turibdi - 2:0.
SHu tariqa, Rafael Nadal o'z faoliyatida 16-marotaba "Rolan Garros" turnirining 1/4 finaliga yo'l oldi. Bu natijasi evaziga u serbiyalik Novak Jokovich bilan tenglashib oldi.
Fikrlar