So’nggi yangiliklar

12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0 11:38Ўзбекистонлик саблячилар Жаҳон кубогида икки медаль қўлга киритди 0 11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0 10:05"Барселона" Флик қўлостида ўтказган 126 та ўйинда 43-йирик ғалабасини қўлга киритди 0 09:34Тўққизта финиш ва битта дуранг қайд этилган UFC Fight Night 290 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 09:03UFC Fight Night 290 турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0 18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0

31 may 10:08
Yangiliklar

Tennis

Roland Garros. Bugun Istomin - Federer bahsi. 8-to'qnashuvda kim g'olib bo'ladi? Tarixiy uchrashuv oldidan PREVYU

SHu kunlarda barcha tennis muxlislarining etibori Franciya poytaxti Parij shahriga qaratilgan.

Kecha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi mavsumning ikkinchi musobaqasi asosiy to'r bahslariga start berildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib, 2018 yildan beri ilk bor ushbu turnirning asosiy davrasiga yo'l olgandi. 

Bugun u asosiy to'rning birinchi davrasidayoq tennis afsonasi Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi. SHu paytgacha Istomin va Federer o'zaro 7 bor to'qnash kelgan va ushbu bahslarning barchasida shveycariyalik tennischining qo'li baland kelgan. Ilk marta tennischilar 2006 yil Australian Open musobqasining birinchi bosqichida uchrashishgan bo'lsa, 2019 yil aynan shu musobaqada va yana ilk davrada ularning yo'llari hozirgacha so'nggi bor kesishgan. Bugungi bo'lib o'tadigan asosiy to'rdagi uchrashuv ikki tennischining faoliyatidagi o'zaro 8-o'yin bo'ladi.

Federer oxirgi 10 uchrashuvida nechta g'alabaga erishgan?

Rojer Federer o'tkazgan oxirgi 10 uchrashuvidan 6 tasida g'alaba qozongan. Joriy 2021 yilgi mavsumda Federer 3 bor kortga chiqdi. 2020 yil boshida Australian Open turnirdan so'ng Rojer jarohati tufayli faoliyatida katta tanaffus qildi. SHundan so'ng, 2021 yilda Doxadagi turnirda mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazdi. Bugun "Rolan Garros" turnirida ilk uchrashuvini o'tkazadigan Rojer Federer turnirning 8-raketkasi bo'lib saralangan.

Istominning oxirgi 10 o'yindagi natijasi qanday?

Denis Istomin ham o'tkazgan oxirgi 10 uchrashuvidan 6 tasida g'alaba qozongan. SHulardan uchtasi aynan "Rolan Garros"ning saralash bahslariga to'g'ri keladi. Saralash bahslarida Istomin avvaliga Bosniya va Gercogovina vakili Damir Jumxurga qarshi kortga chiqib, raqibini 2/6,6/2, 6/1 hisoblarida mag'lub etdi. Ikkinchi bosqichda esa hindistonlik Ramkumar Ramanatxan bilan to'qnash keldi va 6/1, 6/2 hisoblaridagi g'alabani tantana qildi. Saralashning final bosqichida Istomin jahon reytingida 239-o'rinda borayotgan germaniyalik Tobias Kamkedan ikki setda 6/4, 7/6 hisoblarida ustun keldi va faoliyatida ettinchi bor "Rolan Garros"ning asosiy to'rida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. 

Malumot uchun, ayni paytda Denis jahon reytingida 203, Rojer esa 8-pog'onani egallab turibdi. Istominda tennis afsonasini ilk bor mag'lub etish imkoniyati mavjud. Federer esa ushbu turnirda chempionlikka davogar emasligini takidlab o'tdi. Demak, bugun qiziqarli bahs guvohiga aylanamiz degan umiddamiz. 

Denis Istomin - Rojer Federer uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. 

Olamsport.com sayti Denis Istominga omad tilaydi.


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
31 may 15:18:06
OLAMSPORT
Истомин 6 марта Роланд Гарроснинг 2-роундига чиққан ва айнан 2-роунд Дениснинг бу турнирдаги энг яхши натижаси.
   
31 may 15:17:06
OLAMSPORT
Фаолиятида илк бор асосий тўрда??? Бу бутунлай хато маълумотку...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing