07 avg 13:26
Yangiliklar
Futbol

"Roma" "Manchester Yunayted" futbolchisini sotib olmoqchi
"Roma" o'tgan mavsumni rimliklar tarkibida ijarada o'tkazgan MYU himoyachisi Kris Smollingni to'laqonli xarid qilmoqchi.
"Bo'rilar" 30 yoshli angliyalik futbolchini to'laqonli xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
SHunday ekan, Smolling "Roma"ning yangi xo'jayini Den Fridkin qo'l ostidagi ilk transfer bo'lishi mumkin.
Oldinroq, MYU himoyachini Evropa Ligasi pley-offida o'ynash uchun ijara shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi.
Smollingning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar