28 iyu 08:26
Yangiliklar
Futbol
"Roma" va SHomurodov "Barselona"ga qarshi o'ynamaslikka qaror qildi
"Barselona" matbuot xizmati Joan Gamper Kubogi uchun uchrashuvda "Roma" ishtirok etmasligini malum qildi.
"Rim klubi hech qanday sababsiz o'rtadagi kelishuvni bekor qildi. Yaqin 24 soat ichida uchrashuv uchun chiptalarni qaytarib olish ishlari boshlanadi", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.
Ushbu bahs 6 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Unda klublarning ayollar va erkaklar jamoalari uchrashuvlarda qatnashishi ko'zda tutilgandi. Ayni damda "Barselona" yangi raqib izlash jarayonini boshlab yuborgan.
"Barselona" huquqiy bo'limi vaziyatni o'rganishni boshlagan va "Roma"dan etkazilgan manaviy zarar uchun jarima undirish niyatida.
Havola :
Fikrlar