27 mar 17:09
Yangiliklar
Futbol
Ronaldino o'z vaqtida "Manchester Yunayted" ga o'tishga juda yaqin kelgandi
"Barselona" afsonasi Ronaldinoning aytishiga ko'ra, 2003 yilda Kataloniyaga emas, Manchesterga o'tishi mumkin bo'lgan.
"Deyarli "Manchester Yunayted"ga o'tgandim. Bu qarorni 48 soatda aytishim kerak edi. Biroq MYUdan taklif bo'lguniga qadar menga Sandro Rossel shunday degandi: "Agarda klub prezidenti bo'lsam, jamoamga o'tasanmi?". Men rozilik bergandim.
"Yunayted" bilan shartnoma shartlarini muhokama qilib bo'lgandim. Biroq o'sha kunlarda Rossel menga qo'ng'iroq qilib, prezidentlik saylovida g'olib bo'layotganini aytgandi. SHundan so'ng, MYUga "Barselona"ni tanlaganimni aytdim va bu to'g'ri qaror edi. Braziliyaliklar hamisha "Barselona"ni yaxshi ko'rishadi", - dedi Ronaldino.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar