24 apr 19:57
Yangiliklar
Futbol

Ronaldo "Valyadolid"ni sotib yubormoqchi
Braziliyalik "so'yloq" ispan klubini sotishga qaror qilgan.
Xabar qilinishicha, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi klubni yaqin orada rasman sotib yubormoqchi. Ronaldo bu kelishuvdan 40 million evro ishlab olishni ko'zlagan. Klubning oldi-sotdi kelishuvi amalga oshib bo'lgani takidlanmoqda, ammo tomonlar bu haqida may oyigacha rasman elon qilishmaydi.
Ronaldo 2018 yildan buyon "Valyadolid"ga egalik qilib keladi. O'tgan davr mobaynida klub ikki marta Primerani tark etdi, joriy mavsum bu yana takrorlanishi ehtimoli yuqori: jamoa ayni vaqtda La Liga musobaqa jadvalining oxirgi o'rinini band etib turibdi.
Havola :
Fikrlar