20 okt 08:42
Yangiliklar

Ronaldu A Seriyada 25-golini kiritdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A seriyaning 8-turida “Bolonya”ga (2:1) qarshi bellashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Bu portugaliyalik futbolchiningA seriyadagi 25-goli sifatida qayd etildi. Hujumchi shuncha gol urishi uchun 38 ta uchrashuv etarli bo'ldi. 1994/95 yilgi mavsumdan beri (g'alaba uchun 3 ochko berila boshlagan vaqtdan buyon) A seriya bahslarida faqatgina to'rtta futbolchi shuncha gol kiritish uchun Ronaldudan kamroq vaqt sarflagan ekan. Bular Vinchenco Montella (31 o'yin, 25 gol), Ronaldo (32 o'yin, 25 gol), Diego Milito va Andrey SHevchenko (33 o'yin, 25 gol).
Havola :
Manba : Opta Sports
Fikrlar