13 apr 08:25
Yangiliklar

Ronaldu "Bavariya"ni Myunxenda mag'lub etdi
Krishtianu Ronalduning dubli "Real"ga safardagi muhim g'alabani taqdim etdi. 61-daqiqada Xavi Martines ikkinchi sariq kartochka evaziga maydondan chetlatildi. Agar Vidal birinchi bo'limda penaltidan gol kirita olganida, uchrashuv umuman boshqa hisob bilan yakunlanar edi.
Bavariya Germaniya – Real Madrid Ispaniya 1:2
12 aprel, 23.45, Alyanc-Arena
Gollar: 1:0 – 25 Vidal, 1:1 – 47 Ronaldu, 1:2 – 77 Ronaldu.
Bavariya – Noyer, Martines, Alaba, Boateng, Lam, Alkantara, Riberi (Duglas Kosta, 67), Xabi Alonso (Bernat, 64), Vidal, Robben, Myuller (Koman, 81).
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro, Beyl (Asensio, 59), Benzema (Xames, 83), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kroos (44), Karvaxal (45), Xabi Alonso (47), Martines (58).
CHetlatish: Martines (61).
Fikrlar